Sifatsiz tovar uchun to‘langan pul qaytarildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Fayziobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi S.Qurbonovaning yozma murojaati o‘rganildi.
Murojaatda bayon qilinishicha, fuqaro tuman hududidagi “Abduxakimjon kelajak savdo” korxonasiga qarashli xo‘jalik mollari savdo do‘konidan xonadonida foydalanish uchun santexnika buyumlari to‘plamini 1 030 000 (bir million o‘ttiz ming) so‘mga xarid qilgan, lekin uyiga olib borib o‘rnatish davomida ularning ichidan dush uchun kran sifatsiz chiqqan, sotuvchiga o‘z e’tirozini bildirib, nuqsonli tovarni almashtirib ololmagan hamda shundan so‘ng tuman jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Iste’molchining murojaati asosida, amaldagi qonunlarga asosan, o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida uning tomonidan bildirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi ma’lum bo‘lib, savdo do‘koni sotuvchisiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi vonuni tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Sotuvchi tushuntirish ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, nuqsonli tovar uchun to‘langan 230 000 (ikki yuz o‘ttiz ming) so‘m pulni iste’molchiga qaytardi. Iste’molchi ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun tuman jamiyati mutaxasislariga o‘z minnatdorchiligini izxor qildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQJ mutaxassisi
Отправить комментарий