Tibbiyot xodimlari qutlandi
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Tibbiyot xodimlari kuni” kasb bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.
Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahar Tibbiyot birlashmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tayanch guruhi (boshlang‘ich tashkiloti) faollari bo‘lgan tibbiyot xodimlarini taqdirlash marosimi tashkillandi.
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari ularni kasb bayramlari munosabati bilan qutlab, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan tibbiyot tizimi xodimlariga hududiy birlashma nomidan minnatdorchilik xati va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий