Umumiy yig‘ilish o‘tkazildi

Umumiy yig‘ilish o‘tkazildi

Joylarda Federatsiyaning tuman va shahar jamiyatlari faollari yig‘ilishlari o‘tkazilayotganligi haqida xabarlar berib borilmoqda. Qo‘shtepa tumanida ham shunday tadbir bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilish Federatsiya Kengashining joriy yil 21 yanvardagi qarorlaridan kelib chiqqan holda kun tartibiga qo‘yilgan masalalarni ko‘rib chiqdi hamda tegishli qarorlarni qabul qildi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida faollarning tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyatini yaxshilash, amaldagi qonunlar va qonunosti hujjatlari targ‘iboti, aholining huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi fikr va mulohazalari ham tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma’rifatxon Saidova
Qo‘shtepa tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий