Qo‘qon shahrida iste’molchilar ijtimoiy harakati faollarini umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon shahrida iste’molchilar ijtimoiy harakati faollarini umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ma’lumki, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashi qarori bilan joylarda iste’molchilar ijtimoiy harakati tashkilotlari bo‘lgan tuman va shahar jamiyatlarida Federatsiya tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qo‘qon shahrida tashkillangan yig‘ilish ham ana shular jumlasidandir. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tashkillangan mazkur yig‘ilish kun tartibidan Federatsiyaning yangi tahrirdagi ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasi, viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga vakillar saylash masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdi hamda tegishli qarorlarni qabul qildi.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий