Viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar kompleksi tomonidan matbuot anjumani tashkillandi

Viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar kompleksi tomonidan matbuot anjumani tashkillandi

Yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi majlislar zalida Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Fayzullajon Sa’dullayevich Qosimov boshchiligida mazkur kompleksga kiruvchi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning asosiy mavzusi yuqorida nomi zikr etilgan kompleksga kiruvchi tashkilotlarida korrrupsiyaga qarshi kurashish, bunday holatlarni oldini, ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalariga qaratildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari F.Qosimov, shuningdek sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda boshqa tashkilotlar mutasaddilari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berib o‘tilgach, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Anjumanda ko‘tarilgan masalalarga tushuntirishlar berish barobarida, ayrim aniqlik kiritishni talab qiladigan hamda qo‘shimcha o‘rganib chiqilishi talab qilinadigan masalalar yuzasidan OAV vakillariga qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Suratlarni O‘zA fotomuxbiri Muqimjon Qodirov olgan

Отправить комментарий