Samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ta’lim tizimi xodimlarining o‘rni beqiyos
Hududiy birlashma tomonidan ishlab chiqilgan hamda tuman va shahar jamiyatlari mas’ullari hududlaridagi tayanch guruhlarida Federatsiya a’zolari bilan tez-tez yuzma-yuz muloqotlar, uchrashuvlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib borishlari yuzasidan berilgan topshiriqning Quva tumanida ham ijrosi ta’minlab borilmoqda. Tumandagi 9-umumta’lim maktabi jamoasi bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuv mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar jumlasidandir.
Tadbirda tuman jamiyati raisi Adxamjon Xamidov va jamiyat mutaxassislari tomonidan maktab jamoasiga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni va roli, jamoatchilik nazoratining ahamiyati borasida, shuningdek Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Tadbir doirasida jamiyatimizda samarali jamoatchilik nazoratini qaror toptirish va mazkur jarayonga aholining keng qatlamlarini jalb qilishda ta’lim muassasalari xodimlarining bilim va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholi o‘rtasida iste’molchilik sohasiga oid qonunchilik asoslarini keng targ‘ib qilish va to‘g‘ri tushuntirish kabi masalalar yuzasidan ham fikr va mulohazalar o‘rtoqlashildi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarish barobarida, ularning tizim faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi fikr-mulohazalari va takliflari ham tinglandi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий