Da’vo qilingan qarzdorlikka oydinlik kiritib berildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Furqat mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi A. Umarovning murojaati o‘rganildi. Iste’molchi o‘zining og‘zaki murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan uning xonadoniga nisbatan qo‘yilayotgan 1 680 856 so‘m qarzdorlikka oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Tuman jamiyati mutaxassislarining elektr ta’minoti korxonasi xodimini jalb qilgan holda o‘tkazgan o‘rganishida korxonada hudud nazoratchisi vazifasida ishlagan xodimlardan birining o‘z ishiga mas’uliyatsiz yondoshganligi natijasida iste’molchi xonadoniga nisbatan 2744 kVt/soat ortiqcha SMS ko‘rik yuborilishiga hamda ushbu ko‘rsatkichlar abonent shaxsiy hisobiga kiritilishiga olib kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan xatga ko‘ra (07.02.2022 y. №25) “yuqoridagi asossiz kiritilgan kVt hozirda iste’molchi hisoblagichiga mos holatga keltirish uchun xatlov o‘tkazish uchun hujjatlar jamlamasi rasmiylashtirilib, ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda”.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Отправить комментарий