Hisoblagichni almashtirish jarayonida iste’molchida qarzdorlik paydo bo‘lib qolishi holatlari hali-hanuz kuzatilmoqda
Quva tuman jamiyati tomonidan O‘raboshi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.Abdullayevaning yozma murojaati o‘rganildi.
— Men xonadonimda iste’mol qilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelar edim. 2022 yilning 15 yanvar kuni xonadonimdagi gaz hisoblash uskunasi 3258 metr kub yozgan vaqtda yangi uskunaga almashtirildi, shundan so‘ng bizni oilada muammolar ko‘paydi, sababi gaz xodimlari menga nisbatan 800 000 so‘m qarzdorlik chiqarib qo‘yishdi, ushbu xolatni o‘rganib menga amaliy yordam berishingizni so‘rayman”, — deydi iste’molchi o‘z murojaatida.
Mazkur murojaat tuman gaz idorasi xodimini jalb qilgan holda o‘rganilganda, haqiqatdan ham iste’molchi foydalangan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida, hattoki oldindan to‘lab yurganligi kuzatildi. O‘rganishda iste’molchiga tegishli bo‘lgan eski gaz hisoblash uskunasi almashtirilayotgan vaqtida uning ko‘rsatkichi 3258 metr kubni tashkil qilganligi, iste’molchi hisoblagichning 3653 metr kubigacha, ya’ni 395 metr kubgacha yoki 150 100 so‘mga oldindan to‘lovda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Lekin gaz idorasi bazasida negadir iste’molchining ko‘rsatgichi sun’iy ravishda oshirib yuborilib, uning eski gaz hisoblagich uskunasini 5550 metr kub ko‘rsatkichi bilan yechilganligi qayd qilingan. Natijada iste’molchida 2292 metr kubga yoki 870 960 so‘mga, uning amalga oshirgan 150 100 so‘m to‘lovlarini chiqarib tashlanganda esa 720 860 so‘m asossiz qarzdorlik kelib chiqqan.
O‘rganish natijalari yuzasidan to‘plangan hujjatlar jamlanib, tuman gaz idorasiga taqdim qilindi hamda iste’molchining 150 100 so‘m haqdorligi Dasturda aks ettirilishi va asossiz qarzdorlik summasini Dasturdan chiqarishlik bo‘yicha aloqa xati chiqarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий