Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari bilan muloqot

Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari bilan muloqot

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari hududdagi aholi keng qatlamlarini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirish borasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar.

Mazkur targ‘ibot tadbirida iste’molchilik sohasiga oid amaldagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati xususida axborotlar berib o‘tilib, tashkilot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Tadbir doirasida qaysi mansab yoki lavozimda ishlashidan, uning mehnat faoliyati davlat tashkilotida bo‘ladimi yoki xususiy yo‘nalishdami, avvalambor iste’molchi ekanligi xususida tushuntirishlar ham berib o‘tilib, mazkur tashkilotda Federatsiyaning tayanch guruhini tashkil qilish masalasining muhokamasi ham o‘tkazildi.

Xamidjon Axmedov
Beshariq tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий