Ayol pedagog xodimlar bayram munosabati bilan qutlandi

Ayol pedagog xodimlar bayram munosabati bilan qutlandi

Bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ularga munosib mehnat sharoitlari yaratib berish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish va boshqa shu kabi ishlar shular jumlasidandir. Lekin hozir aytmoqchi bo‘lganimiz bu haqda emas.

Bahorning ilk o‘n kunligida bir kun borki, bu kunda biz butun mamlakatimiz bo‘ylab buvijonu onaxonlarimizni, opayu singillarimizni qutlaymiz. Ularga baholi qudrat sovg‘a salom berib ko‘ngillarini olamiz. Bu kun 8 mart kunidir.

8 mart nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda «Xalqaro xotin-qizlar kuni» sifatida nishonlanadi. Shundan kelib chiqqan holda Federatsiya tizimi ham bu ishlardan chetda emas.

Bugun O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tashabbusi bilan tuman hududida ta’lim tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan xotin-qiz pedagog xodimlar — Federatsiya faollari bilan uchrashilib, ularga Federatsiya nomidan sovg‘a-salomlar topshirildi. Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyati mas’ullari Federatsiya faollari mehnat faoliyati olib borayotgan jamoalarda ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan ham tanishdilar.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий