Muammo joyida bartaraf etildi

Muammo joyida bartaraf etildi

Uchko‘prik tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab korxona, tashkilot va muassasalarning ishchi-xodimlari O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi a’zosi hisoblanadi. Federatsiya a’zosi huquqlaridan esa ular o‘z o‘rnida va samarali foydalanib kelmoqdalar.

Hududdagi korxona va tashkilotlarda Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi hamda hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejalari asosida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan tizimli asosda turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda hamda mazkur tadbirlar doirasida ularga Federatsiya va uning hududiy organlariga murojaat qilish tartiblari, bu borada ular uchun yaratilgan qulayliklar ham tushuntirib borilmoqda. Natijada ular Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni va maxsus telegram bot imkoniyatlaridan ham o‘z o‘rnida foydalanmoqdalar.

Jumladan, tumanning Mirzaxo‘ja qishlog‘ida yashovchi A. Qosimov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali ichimlik suvidagi uzilishlarni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.

Murojaatni tuman jamiyati hamda soha mutaxassislari tomonidan joyiga borib o‘rganilganda, ushbu qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqadida 120 metrli VPP kabelli hamda 35 metrli suv ko‘tarish trubasi ichimlik suvi qudug‘iga o‘rnatilgan bo‘lib, qishloqdagi barcha xonadonlarga suv tarmog‘i kiritilganligi kuzatildi. Ushbu quduqqa ESV-8-40-90 markali ichimlik suvi nasosi ham o‘rnatilib, ishga tushirilgan bo‘lib, elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida suv nasosida nosozlik kelib chiqqan. Buning oqibatida ichimlik suvida uzilishlar bo‘lib, qishloq aholisining noroziliga sabab bo‘lgan. Olib borilgan ishlar natijasida aniqlangan kamchilik joyida bartaraf etilib, mahallaning suv ta’minoti qayta tiklandi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий