Tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi
Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan davra suhbati «Siz o‘z iste’molchilik huquqingizni bilasizmi?» deb nomlanib, unda birlashmaning shifokor va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Sh.Mizamidinov va hududiy birlashma vakili B.Usmonovlar tomonidan amaldagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, bu ishlarda Federatsiya va uning hududiy organlarining tutgan o‘rni va roli yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tganlaridan so‘ng, tadbir ishtirokchilarinig bu boradagi fikr va mulohazalari tinglandi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarning savolllariga javoblar berish, shuningdek ular tomonidan tizim tashkilotlari faoliyati yuzasidan bildirilgan fikrlarga munosabat bildirish asnosida iste’molchilik huquqlari buzilganda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlariga yozma, og‘zaki va elektron shaklda murojaat yuborish, ushbu jarayonda tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni va telegram bot imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir nihoyasida yakunlovchi so‘z olgan Tibbiyot birlashma bosh shifokori B.Tashbaltaev tizimda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning bu boradagi huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarida Federatsiya va uning tegishli hududiy ijro etuvchi appartalri bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tib, Federatsiya vakillariga xodimlar nomidan minnatdorchilik izxor qildi.
Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi
Отправить комментарий