O‘quvchi yoshlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi yuzasidan bilim darajasi qay ahvolda?
Ma’lumki, 15 mart dunyoda «Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» sifatida nishonlanadi. Shu sababli, sohaga daxldor tashkilotlar tomonidan bu kun arafasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish ham an’ana tusini olgan.
Hududiy birlashma tashabbusi bilan viloyat hududidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarning amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonunchiligi yuzasidan bilimlari darajasini sinovdan o‘tkazish, bu borada olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida, tanlov asosida, hududdagi oliy, o‘rta-maxsus va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabr kunidagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarorining iste’molchilarning sohaga oid bilimlarni olish huquqini ta’minlab berilishi bo‘yicha bandlari ijrosini qay darajada ta’minlab berilayotganligini o‘rganish va bu bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishdan iboratdir.
Farg‘ona shahar jamiyati mas’ul xodimlari ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti, Neft va gaz sanoati kolleji va 1-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, o‘quvchi yoshlarning bu boradagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Test natijalari umumlashtirilib hududiy birlashmaga topshirildi.
Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий