Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi hamkorlik

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi hamkorlik

Farg‘ona shahar Tibbiyot birlashmasi hamda shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida Tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy birlashma hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi xususida so‘z bordi.

Barchangizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” tasdiqlangandi. Hududiy birlashma va sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa aholimizning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, oqibatda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iboratdir.

Tibbiyot birlashmasida tashkillangan tadbir doirasida ana shu chora-tadbirlar rejasi asosida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi hamda mas’ullar oldiga rejada ko‘zda tutilgan vazifalarni bandma-band ijrosini ta’minlab borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий