Federatsiya yurtdoshlarimizni qutlaydi
Aziz yurtdoshlar!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi barcha iste’molchilarni 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Fuqarolarimizning iste’molchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.
Mazkur hujjatlar iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi.
Qolaversa, jamoat birlashmalarining iste’mol sohasidagi siyosatni shakllantirishda faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni demokratlashtirish va modernizasiya qilishdagi roli va ahamiyatini yangi bosqichga ko‘tardi.
Ushbu tarixiy farmon asosida yaratilayotgan keng imkoniyatlar sabab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ham yangi tashabbus va g‘oyalarni hayotga tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarish, mamlakatimizda yuksak iste’mol madaniyatini shakllantirish, fuqarolarimizning iste’molchilik sohasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bizning bosh maqsadimizdir.
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni, 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Отправить комментарий