Rishtonda o‘quvchilarning iste’molchilik sohasiga oid bilimlari sinab ko‘rildi

Rishtonda o‘quvchilarning iste’molchilik sohasiga oid bilimlari sinab ko‘rildi

Rishton tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tumandagi 13-umumta’lim maktabi va Pedagogika kollejida 15 mart – “Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni” arafasida o‘quvchilarning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘rsidagi qonunchilikdan xabardorligini o‘rganish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazdilar.

Test savollari hududiy birlashma tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, iste’molchilik harakati tarixi, qonunchilik asoslaridan iborat bo‘lgan 15 ga savolni o‘z ichiga oladi.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan tadbir doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari faoliyati yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Husniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий