Shifo maskani xodimlari bilan muloqot tashkillandi

Shifo maskani xodimlari bilan muloqot tashkillandi

Farg‘ona shahridagi 2-sonli shifoxonada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy birlashma hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, hududiy birlashma va sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari ijrosini ta’minlashda hamkorlikda olib boriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida aholining keng qatlamlarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, oqibatda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshishi uchun esa O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Shifoxonada o‘tkazilgan mazkur tadbirda ham ana shu chora-tadbirlar rejasi asosida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokamasi o‘tkazilishi barobarida, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan sohaga oid savollarga javoblar qaytarildi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий