Kommunal soha idorasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Kommunal soha idorasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ tuman filiali ishchi-xodimlari ishtirokida ham targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar.

Tadbirda tashkilot xodimlariga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning iste’molchi huquqlari, xizmat ko‘rsatuvchi (ijrochi)ning majburiyatlarini ifodolovchi normalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar mazkur tashkilotda ishlashi hamda kundalik faoliyatda iste’molchilarga kommunal soha bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi (ijrochi) mas’ul xodim sifatida namoyon bo‘lish bilan birgalikda, o‘zlari ham iste’molchiligidan kelib chiqqan holda, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari faoliyati yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida tashkilot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularni iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirilgan bo‘lsa, tashkilot mutasaddilariga esa hududda iste’molchilarni aynan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi masalasi bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholining bu boradagi murojaatlarini tizimli hal etib borishda ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish bo‘yicha kelishib olindi.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tumani IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi

Отправить комментарий