Ta’lim maskani pedagog va texnik xodimlari ishtirokida muloqot tashkillandi
Farg‘ona tumanidagi Transport va servis texnikumi ishchi-xizmatchilari o‘rtasida tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari ishtirokida tadbir tashkillandi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim maskani ishchi va xodimlarini sohaga oid yangiliklardan, shuningdek olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatidan xabardorligini ta’minlash, ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini bir qadar oshirishdan iboratdir.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 18 yanvardagi O‘RQ-746-son qonuni bilan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuning barobarida yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati, Federaisyaning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtiroki, Federatsiyaning tashqi aloqalar va hamkorlik sub’ekti sifatidagi faoliyati kabilarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘tkazilgan tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan sohaga oid savollarga javoblar ham qaytarildi.
Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий