O‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda

O‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, hududlarda aholiga un mahsulotlarini yetkazib berilishi va sotilishini tahliliy-o‘rganish va ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga zarur takliflarni berish (kiritish) maqsadida viloyat hududidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan ham tizimli asosda ishlar olib borilmoqda.

Jamiyat mutaxassislari hududda aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilayotganligi, ushbu jarayonda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlanayotganligini holatlarini o‘rganib chiqmoqdalar.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий