Aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilishi bo‘yicha ishlar o‘rganishdan o‘tkazilmoqda

Aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilishi bo‘yicha ishlar o‘rganishdan o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan, hududiy birlashma topshirig‘i asosida, hududda aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilayotganligi, ushbu jarayonda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlanayotganligini holatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqqan holda, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga zarur takliflarni berish (kiritish) maqsadida o‘tkazilmoqda.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi

Отправить комментарий