Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etishni xohlaysizmi?

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etishni xohlaysizmi?

O‘ְzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 710-son qarorida ko‘zda tutilganidek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun vaqtincha jalb etiladigan ro‘yxatga oluvchi xodimlar soni belgilangan tartibda joylardagi mahalliy hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan aniqlanadi.

Ro‘yxatga olish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni to‘g‘risida yakuniy ma’lumotlar sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish va uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib shakllantiriladi.

Joylarda aholini ro‘yxatga olish bo‘limi va aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish markazi xodimlari mahalliy hokimliklar, statistika boshqarmalari tomonidan muddatli mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga jalb etiladi. Aholini ro‘yxatga olish xususiyatlaridan kelib chiqib shartnoma namunalari qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.
Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda tanlab olinadi. Jismoniy va yuridik shaxslar hududiy komissiyalar va joylardagi mahalliy hokimliklar tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladi.

Ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etilgan xodimla bilan hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari o‘rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuziladi. Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish markazi xodimlari statistika boshqarmalari tomonidan tanlov asosida saralab olinadi.

Alisher Abdurazakov
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga
olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i

Отправить комментарий