Bolalar kasalxona-sanator kompleksida o‘rganishlar o‘tkazildi

Bolalar kasalxona-sanator kompleksida o‘rganishlar o‘tkazildi

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ularning ta’lim olish borasidagi huquqlari ta’minlab berilishi holatlarini o‘rganish bo‘yicha Federatsiyaning hududiy ijro etuvchi apparatlari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar bergandik.

Xuddi shunday o‘rganishlar Qo‘qon shahridagi viloyat bolalar silga qarshi kasalxona-sanator kompleksida ham o‘tkazildi. Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom” talablari ijrosini qay darajada ta’minlanayotganligi holatlarini o‘rganishdan o‘tkazdilar.

Iste’molchilar muayyan doirasi (ushbu o‘rinda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolajonlar)ning huquq va manfaatlarini ko‘zlab, Federatsiya topshirig‘i asosida o‘tkazilayotgan mazkur jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga kiritilishi rejalashtirilgan.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий