Beshariqda aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilishi o‘rganilmoqda

Beshariqda aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilishi o‘rganilmoqda

Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari, hududiy birlashma topshirig‘i asosida, hududlarida aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilishi, ushbu jarayonda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlanayotganligini holatlari yuzasidan kuzatuv (o‘rganish) ishlarini olib bormoqdalar.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqqan holda, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga zarur takliflarni berish (kiritish) maqsadida o‘tkazilmoqda.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий