Savdo ob’ektlarida amaldagi qoidalar va me’yorlar talablariga rioya qilinishi holatlari o‘rganilmoida

Savdo ob’ektlarida amaldagi qoidalar va me’yorlar talablariga rioya qilinishi holatlari o‘rganilmoida

Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari bilan joylarda ichki bozorlarda sotilayotgan iste’mol tovarlarining sifati va xavfsizligi amaldagi talablarga javob berishi, narxlarni asossiz oshib ketishini oldini olish borasidagi ishlarda hamkorlik olib borilmoqda.

Shuning bilan birgalikda, O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili aksariyat murojaatlar iste’molchilarning savdo-sotiq masalalarida huquqlarini buzilishi bilan bog‘liq murojaatlardan iborat bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda hamda muborak Ramazon oyida aholiga ko‘rsatilayotgan savdo xizmatlarini sifati hamda sotilayotgan mahsulotlarning amaldagi qoidalar va me’yorlar talablariga mosligini o‘rganib borish maqsadida Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tuman hududidagi bozor va savdo ob’ektlarida kunlik o‘rganish ishlarini o‘tkazib bormoqdalar.

Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий