Toshloq tumanida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish ishlari o‘rganilmoqda

Toshloq tumanida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish ishlari o‘rganilmoqda

Federatsiya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktabridagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-son qarorining joylardagi ijrosini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishdan iboratdir.


Yuqoridagi topshiriq asosida, Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari ham hududda mazkur qaror bilan belgilab berilgan nizomlar asosida jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim, ular uchun tashkillangan alohida davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar talablari ijrosini ta’minlanishi holatlarini o‘rganmoqdalar.

Bugun tumandagi 9 va 25-umumta’lim maktablarida Hukumat qarori ijrosini ta’minlanishi holatlari o‘rganishdan o‘tkazildi. O‘rganish ishlari tizimli asosda davom ettiriladi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий