Kunlik monitoring kuzatuvlari o‘tkazib borilmoqda

Kunlik monitoring kuzatuvlari o‘tkazib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan viloyat, shahar va tumanlarda oziq-ovqat, ayniqsa, un, shakar va o‘simlik yog‘ining narxini joylarda yurib o‘rganish va barqarorligini ta’minlash, shuningdek, kirib kelgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini saqlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib, narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ko‘rilishi yuzasidan vazifalar belgilab berilgan edi.

Federatsiya tomonidan yuqoridagilardan kelib chiqqan holda hamda davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini bajarish orqali, aholi (iste’molchilar)ga qulaylik yaratish, shuningdek, ichki bozorda sotilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxi va sifatini muntazam o‘rganib borish, “Insof sari baraka – Muborak oyda narx-navoni oshirishga shoshilma!” shiori ostida, joylarda jamoatchilik nazorati tartibida monitoring kuzatuvlari o‘tkazib borish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan hududdagi bozorlar, savdo komplekslari va savdo ob’ektlarida kunlik monitoring kuzatuvlari o‘tkazib borilmoqda.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий