O‘rganish ishlari davom etmoqda

O‘rganish ishlari davom etmoqda

Oltiariq tumanida Federatsiya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-son qaror ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari 21-umumta’lim maktabida bo‘lishib, yuqoridagi qaror bilan belgilab berilgan nizom asosida jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordilar.

Hozirda tuman jamiyati tomonidan o‘rganishlar hududdagi boshqa maktablarda davom ettirilmoqda.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий