Qo‘shtepada jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Qo‘shtepada jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari tomonidan joylarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish borasidagi ishlar o‘rganishdan o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan ham mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida hududda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 638-son qarori bilan tasdiqlangan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish shakllarini o‘z ichiga olgan bir qator nizomlar talablarini joylarda ijrosini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi mazkur o‘rganishlarni o‘tkazishdan maqsad, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish ishlari qay ahvoldaligini jamoatchilik monitoringidan vositasida o‘rganib, bu boradagi muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularning yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Ma’rifatxon Saidova
Qo‘shtepa tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий