Hududiy birlashmaning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashmaning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona viloyat hududiy birlashma kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman va shahar jamiyatlari raislari — kengash a’zolari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni hududiy birlashma kengashi raisi Ahrorjon Rahmonaliev ochdi va olib bordi.

Yig‘ilishda kun tartibi bo‘yicha Federatsiya kengashining 15.04.2022 yil kunidagi majlisi qarorlari, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining joriy yil 1-chorak faoliyat yakunlari, hududiy ijro etuvchi apparatlarga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ko‘rib chiqildi, shuningdek ayrim tuman va shahar jamiyatlarining amaldagi qonunchilik ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalarni ko‘rib chiqib, har bir ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий