Pedagog xodimlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

Pedagog xodimlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

Quva tumanidagi 8 -umumta’lim maktabida pedagog xodimlar ishtirokida iste’molchilik huquqlariga oid targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati yuzasidan alohida ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni mazkur harakat ishida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Shuningdek pedagog xodimlarga iste’molchilik huquqlari buzilganda maxsus vakolatli davlat idoralariga, shuningdek Federatsiyaga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari hamda bu borada Federatsiya tomonidan iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий