Iste’molchiga moddiy zarar yetkazilishini oldi olindi

Iste’molchiga moddiy zarar yetkazilishini oldi olindi

Rishton tumani Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Sh.Xolmatovning tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatiga sotib olingan shiferlarning sifatsiz chiqqanligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Fuqaro o‘z murojaatida ma’lum qilishicha, “Xuchanboy hoji o‘g‘li Dilmurod” xususiy korxonasidan Quvasoy shifer zavodida ishlab chiqarilgan 200 dona shifer mahsulotini 2021 yilning may oylarida xarid qilib olib qo‘ygan. Shu yilning boshlarida xonadoning tom qismiga yopilgan shiferlardan 30 tasi oradan bir necha kun o‘tib yorilib, sifatsiz holga kelib qolgan.

Fuqaro murojaatida ko‘rsatib o‘tilgan vajlarni o‘rganib chiqilishi jarayonida Quvasoy shifer zavodi mutaxasisslari bilan telefon orqali bog‘lanib, yuzaga kelgan holat, shuningdek amaldagi qonunchilik asoslari, ularga ko‘ra iste’molchi huquqlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natija esa masalani iste’molchining foydasiga hal bo‘lishi bilan yakun topdi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, “Xuchanboy hoji o‘g‘li Dilmurod” xususiy korxonasiga qarashli do‘konda sotilayotgan sifatli shiferlardan 30 donasi iste’molchiga yetkazib berildi. Natijada iste’molchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan 1140000 so‘mlik moddiy zararning oldi olindi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий