Xayriya-saxovat tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Toshloq tumanida ham mamlakatimizda keng nishonlanadigan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” arafasidagi madaniy — ma’rifiy hamda xayriya-saxovat tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ham ushbu tadbirlardan chetda turganlari yo‘q.
Umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat ehtirom ko‘rsatish, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini ulug‘lash maqsadida Prezidentimiz tomonidan 29.04.2022 yil kunida qabul qilingan PQ-229-son qarorida ko‘zda tutilgan tadbirlar doirasida tuman jamiyati mas’ullari, front orti faxriylaridan bo‘lgan, Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Tursunboy ota Ibragimov hamda Tog‘liq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Surmaxon aya Oxunovalarning xonadonlarida bo‘lishib, ularning holidan xabar oldilar.
Tadbirlar doirasida faxriylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi barobarida, ularga kundalik turmush jarayonlarida iste’molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelinganda Federatsiya xodimlari tomonidan beminnat xizmatlarni ko‘rsatishga doim shayliklari ham bildirib o‘tildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий