Federatsiyaning Farg‘ona tumanidagi tayanch guruhlarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Federatsiyaning Farg‘ona tumanidagi tayanch guruhlarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

“Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari hududdagi tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqdalar.

Bugun 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va veterinariya bo‘limlarida ana shunday tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda tayanch guruhlari rahbar va a’zolari bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan hamkorlik hamda mazkur hamkorlikni kelgusi istiqbollari yuzasidan, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini, shuningdek aholining murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlarni son va sifat jihatidan yanada yaxshilash yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Bu kabi tadbirlar tumandagi boshqa tayanch guruhlarida ham tashkillanmoqda.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий