Tibbiyot muassasalarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot muassasalarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning 2022 yil 7 maydagi IT/01-29- sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni tartibli va samarali o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan Beshariqda tayanch guruhlari a’zolari ishtirokida turli tadbirlar davom ettirilmoqda.

Tadbirlarda tayanch guruhlari a’zolariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilmoqda, Federatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, ularni sohaga oid masalalardagi muammolarini tinglanmoqda va sohani yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalar almashib borilmoqda.

Bugun targ‘ibot oyligi tadbirlari davomida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va mazkur poliklinikaga qarashli Toshariq xizmat uyida tuman jamiyati raisi tomonidan boshlang‘ich tashkilot faollari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi va sohada olib borilayotgan ishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida savol-javoblar orqali fikrlar almashindi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий