Tayanch guruhida ochiq muloqot tashkillandi

Tayanch guruhida ochiq muloqot tashkillandi

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutaxassislari ishtirokida tuman xalq ta’limi bo‘limi qoshida tashkillangan tayanch guruhi faollari bilan ochiq muloqot tashkillandi.

“Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tashkillangan mazkur tadbirda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborotlar berib o‘tildi. Shuningdek, tashkilot xodimlarini iste’molchi sifatida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishlicha tavsiya, tushuntirish va huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Tumanda Federatsiya tashabbusi bilan tashkillangan tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Raufjon Tuychiev
Dang‘ara tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий