Buxorolik iste’molchining puli qaytarib olib berildi

Buxorolik iste’molchining puli qaytarib olib berildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari Buxoro viloyati Shofirkon tumani Bog‘ishamol MFY hududida yashovchi Yo. Xaqqulovning sotib olingan tovar nuqsonli chiqqanligi sababidan to‘langan pulni qaytarishda yordam ko‘rsatilishini so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

— Toshloq tumanilik Yigitali ismli tadbirkordan 8 000 000 so‘mga avtomobil ehtiyot qismi — injektor sotib olgandim, lekin injektor yaroqsiz chiqqach, unga bu haqda o‘z e’tirozlarimni bildirish va pulimni qaytarishini so‘rash uchun bir necha bor telefon qildim. Lekin u telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. Shundan so‘ng ishonch telefoniga murojaat qilishga majbur bo‘ldim,deydi Yo.Xaqqulov.

Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish davomida iste’molchi tomonidan e’tiroz bildirilayotgan shaxs tumanda faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Y.G‘ofurov ekanligini, uning tomonidan iste’molchi Yo.Xaqqulovga haqiqatda yuqoridagi summaga injektor sotilganligini aniqlab, sotuvchiga yuzaga kelgan holat va mazkur holatda iste’molchi huquqlari, sotuvchining majburiyatlari borasida tushuntirishlar berib o‘tdilar.

O‘rganish yakunlari bilan esa iste’molchining xarid qilingandan so‘ng nuqsonli ekanligini ma’lum bo‘lgan tovar uchun to‘langan pul mablag‘i to‘lig‘icha qaytarilishiga erishildi.

Orifjon Jalolov
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий