Farg‘ona viloyati sudlari tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Farg‘ona viloyat sudida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat sudi va viloyat ma’muriy sudining raislari hamda ularning o‘rinbosarlarining sudlarning 2022 yilning 9 oyida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axborotlari tinglandi.
Tadbirda Farg‘ona viloyat sudi, Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan 2022 yilning 9 oyida ko‘rilgan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda ma’muriy ishlar tahlili, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan chiqarilgan ayblov hukmlari, jazo amaliyoti, ishlarni yuqori instansiyalarda ko‘rilish ahvoli, oqlov hukmi, sudlanganlik holati shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili, huquqiy targ‘ibot ishlari, jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qabuli, Memorandumlar ijrosi, qonunchilikdagi yangiliklar hamda sohaga oid boshqa ma’lumotlar haqida batafsil axborotlar berib o‘tildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий