Asossiz qarzdorlik bartaraf etiladigan bo‘ldi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning Turon ko‘chasida yashovchi G. Enalievadan kelib tushgan murojaatda “Hududgaz Farg‘ona” filiali Qo‘qon shahar bo‘limi ularning xonadoniga asossiz ravishda ortiqcha qarzdorlik hisoblaganligi bayon qilinib, masalani ijobiy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgandi.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganuv ishlarida fuqaroning tabiiy gaz iste’moli va to‘lovlariga oid ma’lumotlari tahlil qilinganda, qarzdorlik gaz hisobotiga oid ma’lumotlar MIB tomonidan yuritilgan davrda, idora inspektori tomonidan gaz hisoblagich ko‘rsatkichini noto‘g‘ri (ortiqcha) kiritilishi natijasida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish natijalari bilan, yuzaga kelgan 509 997 so‘m miqdoridagi, asossiz qarzdorlikni bartaraf etilishi chora-tadbirlarini ko‘rilishi uchun tegishli hujjat va ma’lumotlar “Hududgaz Farg‘ona” filialining raqamlashtirish bo‘limiga taqdim etildi.
Qaxxorjon Umarov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий