Mediaproduction CAMP «World2you» — 2022

Mediaproduction CAMP «World2you» — 2022

Qozog‘istoning Almati shahrida World2you loyihasi doirasida Media Camp tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikistondan 30 nafar jurnalistlar ishtirok etdilar.

 

Tadbir ishtirokchilariga Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘istonlik media ekspertlar: Jamshid Ma’rufov, Beruniy Alimov va Tat’yana Golubsovalar biri-biridan qiziq va dolzarb mavzularda treninglar o‘tildi. E’tiborlisi, trening mashg‘ulotlari zamonaviy interfaol hamda tinglovchilar bilan doimiy qayta aloqa usullaridan foydalangan holda olib borilganligi har bir ishtirokchi tomonidan mavzu to‘laqonli o‘zlashtirilishiga va mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib borishiga imkoniyat yaratib berdi.

Har bir media ekspert mashg‘uloti guruhlarda ishlashni talab qiluvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan yakun topdi. Media ekspert ma’ruzasi va uning yakuni bo‘yicha amaliy topshiriq shunday tartibda berildiki, jurnalistlarning har bir guruhi bo‘yicha yakunda yaxlit bir material — longrid vujudga keldi.

Media Campning har bir kunida bir davlat vakillarining o‘z mamlakatini tanishtirishi uchun alohida vaqt va imkoniyat ajratib berilganligi tadbirga o‘ziga xos shavq va zavq qo‘shdi.

Tadbir Evrosiyo jamg‘armasi va USAID yordamida, Biznes-Psixologiya-Media Assotstiatsiya va Yangi media ta’lim markazi hamkorligida o‘tkazilib, uning yakunlariga ko‘ra ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Media Campda hududiy birlashma matbuot va axborot sektori boshlig‘i G‘ayrat Mamatqulov ham ishtirok etib, o‘zining bu boradagi bilimlarini oshirib qaytdi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий