Boshqa hisob raqamga o‘tib ketgan mablag‘lar egasiga qaytarildi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya jamiyatida Chek Jalaer mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi E.Toshboevaning “Farg‘ona suv ta’minoti” Rishton tuman filiali xodimlari tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, iste’molchining to‘lov terminali vositasida 2019 yil 4 noyabr’ kunida amalga oshirilgan 150 ming so‘m hamda 2021 yil 4 iyuldagi 100 ming so‘mlik to‘lovlari ichimlik suvi korxonasidagi komp’yuter bazasida fuqaroning shaxsiy hisob raqamiga emas, balki boshqa fuqaroning hisob raqamiga o‘tib ketgan. Bu fuqaroning to‘lov cheklarini komp’yuter bazada qayd qilingan to‘lovlar bilan solishtirish jarayonida ma’lum bo‘ldi. Natijada unda qarzdorlik yuzaga kelgan.
Murojaatni o‘rganish yakunlari bilan boshqa hisob raqamga o‘tib ketgan mablag‘larni iste’molchining hisob raqamiga qaytarilishiga erishilib, qayta hisob-kitoblar uning qarzdor emas, balki 80 ming so‘m haqdorligini ko‘rsatdi. Murojaatchiga bu haqda yozma javob xati berildi.
Husniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий