Hududiy birlashma ishchi guruhi Farg‘ona tumanida bo‘ldi

Hududiy birlashma ishchi guruhi Farg‘ona tumanida bo‘ldi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini hioya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida ijtimoiy soha ob’ektlarida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik hamda mavsumni talofatlarsiz o‘tkazish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishdan o‘tkazib borilmoqda.

Bugun hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliyev boshchiligidagi ishchi guruhi Farg‘ona tumanida bo‘lib, hududdagi bir qator umumta’lim maktablarida joriy mavsumda ta’lim muassasalarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ishlar holati bilan tanishdilar.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar belgilangan tartibda tegishli davlat idoralariga kiritib boriladi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий