G‘oyibdan kelgan qarzdorlik
Toshloq tuman Tog‘liq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T. Matkarimov xonadonini kadastr hujjatlarini tayyorlatish jarayonida davlat notarial idorasida uning kommunal to‘lovlardan, xususan ichimlik suvi to‘lovlaridan qarzdorligi mavjudligini ma’lum qilishib, qarzdorlikni bartaraf qilish choralarini ko‘rishi lozimligi tushuntirilgan.
Iste’molchiga ko‘ra, u qarzdorlik va uning qaerdan kelib chiqqanligiga aniqlik kiritish maqsadida “Farg‘ona suvta’minoti” MChJ tuman filialiga kelganida yashash xonadonining ichimlik suvidan 936 ming 200 so‘m qarzdorligi mavjudligi, unga shu mazmundagi ma’lumotnoma berishlari mumkinligi ma’lum qilingan. U ushbu holatga aniqlik kiritib berilishini so‘rab Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.
Murojaatni tegishli ravishda rasmiylashtirilib, tuman jamiyati hamda tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi mas’ullari hamkorligida o‘rganilishi jarayonida esa, iste’molchining yashash mahallasiga va o‘z-o‘zidan xonadoniga ham ichimlik suvi tarmog‘i tortilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Yuqoridagilarga asosan iste’molchining zimmasiga asossiz ravishda yuklatilgan salkam bir million so‘m qarzdorlik bartaraf qilinib, masala iste’molchi foydasiga hal qilindi.
Shoxistaxon Rahimova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий