Beshariq tuman jamiyati grant loyihasini tizimli asosda amalga oshirib bormoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanda ijtimoiy sherikchilik asosida hamkor tashkilotlar bilan Xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi Jamoat fondi mablag‘lari hisobidan olingan grant loyihasini amalga oshirish, shuningdek iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish hamda aholining iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida belgilangan reja asosida ishlar olib borilmoqda.
Tumandagi «Yangi Qashqar» mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, 11-oilaviy poliklinika, 31 va 41-davlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir. O‘tkazilgan tadbirlarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini targ‘ib qilish, ularning tibbiy va iste’mol madaniyatini oshirish, yuqumli kasalliklarga chalinish holatlarini oldini olish masalalari keng muhokama qilinib, aholi vakillarining bu boradagi fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarga mavzuga oid bukletlar, plakatlar, zarur axborot eslatmalar va boshqa shu kabi tarqatma materiallari ham tarqatildi.
Xamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.
Отправить комментарий