Texnik xatolik sababli iste’molchiga 59 000 000 so‘m qarzdorlik hisoblangan

Texnik xatolik sababli iste’molchiga 59 000 000 so‘m qarzdorlik hisoblangan

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini hiimoya qilish jamiyatiga aholi vakillaridan elektr ta’minoti masalalarida kelib tushayotgan murojaatlar sohaga mas’ul bo‘lgan idora vakillarini jalb qilgan holda o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etilishiga erishilmoqda. Shundan murojaatlardan biri, «Guliston» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.A.ning iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirib kelayotgan bo‘lsada, uning xonadoniga nisbatan juda katta miqdorda qarzdorlik hisoblanganligi holati yuzasidan qilgan og‘zaki murojaatidir.

O‘rganishlar davomida tuman elektr ta’minoti korxonasidan ushbu holat yuzasidan olingan ma’lumotda iste’molchiga hisoblangan 59 000 000 so‘m qarzdorlikning haqiqatdan ham asossiz ekanligi qayd qilinganligi ma’lum qilinib, bunday qarzdorlikning yuzaga kelishiga iste’molchi xonadoniga ASKUE tizimidagi hisoblagich o‘rnatilishi jarayonida sun’iy qarzdorlik yuzaga kelganligi, ya’ni fuqaro xonadonidagi eski hisoblagich ko‘rsatkichi PK uchyot dasturiga oyma-oy kiritib borilmaganligi va oylik iste’mol ko‘rsatkichlarini kiritib borilishi natijasida qarzdorlik kelib chiqqanligi, shuningdek texnik xatolik sababli ushbu katta miqdorda qarzdorlik kelib chiqqanligi sabab qilib ko‘rsatiladi. Shuningdek, ma’lumotda murojaatni o‘rganish doirasida ushbu xatolik bartaraf etilganligi va iste’molchining bugungi kun holatiga qarzdorligi mavjud emasligi qo‘shimcha qilib o‘tilgan.

Iste’molchilarning ushbu yo‘nalishda tuman jamiyatiga qilayotgan murojaatlari va ularni o‘rganish yakunlariga, «Namuna» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi I.O‘.ning elektr ta’minotidagi uzilishlar hamda Dasht qishlog‘ida yashovchi Q.J.ning xonadonidagi elektr hisoblagichdagi nosozliklar yuzasidan qilgan murojaatlarini hamda ularni o‘rganib chiqilib, murojaatlarda keltirilgan holatlarni bartaraf etilishiga erishilganligini ham misol qilib keltirish mumkin.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий