Tilla buyumlar almashtirilmaydi yoki qaytarib olinmaydi, lekin …

Tilla buyumlar almashtirilmaydi yoki qaytarib olinmaydi, lekin …

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, maqbul sifatdagi tovarlarni almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi. Ushbu tovarlar ro‘yxatida tilla buyumlar ham bor. Lekin sezganingizdek, ushbu talablar maqbul sifatdagi, nuqsonlari bo‘lmagan tovarlarga tegishli. Agar tovarda nuqson bo‘lsachi? Unda iste’molchida bunday tovarni almashtirib olish huquqi vujudga keladi.

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shunday murojaatlardan biri ko‘rib chiqildi. Yangi Marg‘ilon shaharchasida yashovchi D.E. shahardagi tilla buyumlar do‘konidan 2 500 000 so‘mga, muddatli to‘lov shartlarida, tilla uzuk xarid qiladi. Lekin undan foydalanishi jarayonida uzuk kiyimlariga ilinib qolaveradi. Sababini bilsa, taqinchoqda nuqson, ya’ni uning ko‘z qismida yoriq mavjud ekan. Sotuvchi bilan bu borada olib borgan muloqotlaridan natija bo‘lmagach, ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, shahar jamiyatiga murojaat qilib keladi.

Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning VII-bobi 99-bandiga ko‘ra, sotib olungunga qadar sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning bo‘sh mahkamlangani, yoriqlar, singan, tirnalgan joylar, g‘udurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan holatlarda, iste’molchida bunday nuqsoni bor buyumni shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqi vujudga kelishi hamda qonun va qoidalarning boshqa talablari sotuvchiga tushuntirilishi bilan nuqsonli tilla buyum boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.

Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий