Da’vo talabnomasi kiritilgach, iste’molchining ellik million so‘m puli qaytarildi

Da’vo talabnomasi kiritilgach, iste’molchining ellik million so‘m puli qaytarildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida Dang‘ara tumanida yashovchi G.G.ning avtotransport vositasini ijaraga va keyinchalik sotib olish huquqi bilan imzolangan shartnoma shartlari bajarilmayotganligi xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, u shartnomaning ikkinchi tarafi bo‘lgan «Umid avto companies» MChJ hisob raqamiga, 15.11.2023 yilda imzolangan shartnoma asosida, bank muassasasi orqali, Cobalt A/T rusumli avtomobil uchun, 50 973 631 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Shartnomada belgilangan 120 ish kuni davomida avtomobil yetkazib berilmagach, joriy yilning 27 fevralida MChJga shartnomani bekor qilish va avans to‘lov pullarini qaytarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, kompaniyadan, arizasiga javob sifatida, pullari 60 ish kuni ichida qaytarilishi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham olgan bo‘lsada, ushbu muddat davomida ham ijobiy natijaga erisha olmagach Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan iste’molchining murojaatida keltirib o‘tilgan vajlarni o‘rganib chiqilib, MChJ rahbari nomiga amaldagi qonunchilik talablari, shuningdek iste’molchi va MChJ o‘rtasidagi shartnoma shartlari bajarilmasligi holatlarida yuzaga keluvchi salbiy oqibatlar yuzasidan da’vo talabnomasi kiritilgach, iste’molchining 50 973 631 so‘m mablag‘i o‘ziga qaytarilib, uning muammosi bartaraf qilinishiga erishildi.

Faxriddin Boynazarov,
hududiy birlashma sektor boshlig‘i.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий