Aholi bilan muloqotlar doirasida ularning iste’mol sohasiga oid muammolari ham bartaraf etib berilmoqda

Aholi bilan muloqotlar doirasida ularning iste’mol sohasiga oid muammolari ham bartaraf etib berilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari amaldagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish maqsadida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashriflari doirasida aholi vakillari bilan ham muloqotda bo‘lishlari jarayonida, fuqarolardan iste’molchilik sohasiga oid yozma va og‘zaki shakllardagi murojaatlar ham qayd qilib olinib, ularni o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilish chora-tadbirlari ko‘rib boriladi. Shunday murojaatlar biri shaharning A.Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi bir guruh fuqarolar nomidan kelib tushgan edi.

Murojaatda fuqarolar o‘zlari yashab turgan hududdagi oqava suv tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik va uni bartaraf etish ishlari paysalga solinayotganligidan shikoyat qilganlar. Shahar jamiyati tomonidan ushbu holat yuzasidan ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga aloqa xati kiritilgach, muammoni tezkorlikda bartaraf qilinishiga erishildi.

Xuddi shuningdek, ushbu hududda yashovchi A.T.ning yashab turgan xonadoniga nisbatan ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlar bo‘yicha 174 501 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanayotgani yuzasidan qilgan murojaati ham o‘rganilishi jarayonida iste’molchining murojaatida keltirilgan vajlar isbotini topdi hamda noreal qarzdorlik summasini uning zimmasidan soqit qilinishiga erishildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Отправить комментарий