O‘rganish iste’molchida qarzdorlik emas, balki haqdorlik mavjudligini ko‘rsatdi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Vodil» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.O.ning uning xonadoniga nisbatan tabiiy gaz to‘lovlaridan asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanayotganligi, ushbu holatga oydinlik kiritilib, asossiz qarzdorlikni bartaraf qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi gaz idorasi mas’ullari tomonidan xonadoniga 2021 yilning avgust oyida yangi rusumdagi gaz hisoblash uskunasi (GHU) o‘rnatilganligini, o‘sha vaqtdan buyon to‘lovlar ana shu GHU ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirib kelinayotganligini, lekin joriy yilning iyun oyida xonadoniga kelgan gaz idorasi xodimlari hisob-kitoblarga ko‘ra iste’molchining 924 091 so‘m qarzdorligi mavjudligini aytishganini ma’lum qilib, tuman jamiyatidan holatga aniqlik kiritib berilishini so‘raydi.
Iste’molchi murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganishda iste’molchida qarzdorlik mavjud emasligi, shuningdek tuman gaz idorasiga kiritilgan so‘rov asosida olingan javob xatida ham iste’molchining qarzdorligi yo‘qligi ma’lum qilindi. Gaz idorasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan javob xatiga ko‘ra, iste’molchida 99 441,33 so‘m haqdorlik ham mavjud ekan.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий