Da’vo qilingan ikki million so‘m qarzdorlik asossiz bo‘lib chiqdi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Avazboy» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.E.ning elektr ta’minoti korxonasi asossiz ravishda uning abonent raqamiga nisbatan 2 000 000 qarzdorlik hisoblayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida xonadoniga zamonaviy rusumdagi elektr hisoblagich o‘rnatilgani, u yuqoridagi qarzdorlik summasi haqida elektr ta’minoti korxonasi xodimlaridan bilgani, hisoblagichi ko‘rsatkichlari bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligini ma’kum qilib, qarzdorlikni qaerdan kelib chiqqaniga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
O‘rganish jarayonida holatga oydinlik kiritish maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga so‘rov xati ham kiritildi. O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, xizmat ko‘rsatuvchi korxona PK uchet dasturida yuzaga kelgan nosozlik sababli iste’molchining elektr hisoblagichi 0089-250 raqamli boshqa abonent raqamiga kirib qolgan. Natijada yuqoridagi asossiz qarzdorlik summasi yuzaga kelgan.
O‘rganish ishlari yakunlari bilan nosozlik bartaraf etilib, yuzaga kelgan asossiz qarzdorlik summasini iste’molchi zimmasidan soqit qilinishiga erishildi.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий